Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    Jamiyatimizda ayollarga berilayotgan e’tibor kundan-kunga mustahkamlashib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim  tashabbusning biri ham aynan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ayniqsa o’sib kelayotgan yosh qizlarimizni katta hayotga tayyorlash, ularni ham ma’nan sog’lom, aqlan yetuk qilib tarbiyalash, kelgusida oila deb atalmish kichik jamiyatni farovon bo’lishida eng katta qadamlardan hisoblanadi desak to’g’ri bo’ladi.

     Bu borada Andijon mashinasozlik institutida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan 2019-yilning 19-sentabr kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida “Sharq qizlari odobi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda institutning 60 dan ziyod talaba-qizlari ishtirok etdilar. Qariyb 2 soat davom etgan davra suhbati davomida institutning ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Z.Aripova, Tillar kafedrasi katta o’qituvchisi, faxriy ustoz M.Azizova, F.Karimova, M.Xaliqovalar, institut Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi R.Yusupovalar o’zlarining hayot tajribalarini talaba-qizlarimizga ulashdilar. Davra suhbati davomida kutilganidek talaba-qizlarimiz tomonidan bir qator savollar bilan murojaatlar bo’ldi va ularga atroflicha javoblar olindi.

 

  

  

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi