Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugungi kunda har qanday sohani yoki kundalik turmushimizni elektr energiyasisiz tasavvur qilish qiyin. Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ularning isrof bo‘lishini oldini olish madaniyatini har bir iste’molchiga yetkazish, bugungi kunning eng asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

     2019-yilning 17-sentabr kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Andijon hududiy bo‘limi hamda institutning “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi bilan hamkorlikda ushbu masalalarga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi.

     Unda “O‘zenergoinspeksiya” viloyat bo‘limi hamda barcha viloyatlar hududiy bo‘limlari rahbarlari, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning tegishli mutasaddilari, Andijon viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan 70 dan ortiq yirik tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdi. Mazkur seminarda elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, iste’molchilarda quvvat kompensatsiyasi natijasida elektr energiyasini iqtisod qilish va elektr tarmoqlaridagi isroflarni kamaytirish choralari muhokama qilindi.

     Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi xodimlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi