Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151 son qarori hamda 2017-yil 9-avgustda o’tkazilgan majlis ijrosini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 23-avgust №600 sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut psixologi O.Po’latova birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar o’rtasida psixologik suhbatlar tashkil etildi.

     Joriy yilning 16-sentyabr kuni “Transport va logistika” fakultetining “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”, “Xizmatlar sohasi”, “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi”, 17-sentyabr kuni “Avtomatika va elektrotexnika” fakultetining “Muqobil energiya”, “Mexatronika va robototexnika”, “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo’nalishlari talabalari o’rtasida olib borilgan suhbatlar davomida instituti rektorining 2017-yil 2-oktyabrdagi  № 39-sonli buyrug’iga binoan institutda psixolog shtati faoliyat yurita boshlayotganligi,  muammolarga duch kelganda psixologga murojaat qilish orqali yechimini topish mumkinligi haqida alohida ta’kidlab o’tildi va faoliyat yo’nalishlari yuzasidan axborot berildi. Talabalarni oliy ta’lim tizimiga moslashuvchanligini aniqlandi hamda 1-bosqich talabalarining ijtimoiy-psixologik pasportini shakllantirish jarayonlari amalga oshirildi. Shuningdek, talabalarning ta’lim jarayonidagi ijtimoiy adaptatsiya bilan bog’liq muammolar va yuzaga kelishi lozim bo’lgan holatlar bo’yicha misollar keltirish orqali tushuntirib o’tdi.

     Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga psixolog O.Po’latova tomonidan javoblar oldilar.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi