Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’quv yili boshlanganligiga ko’p vaqt bo’lmagan bo’lsada, Andijon mashinasozlik institutida yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Dastavval shu oyning 7-sentabr sanasida 5 ta muhim tashabbusdagi yo’nalishlarni  o’z ichiga olgan Yoshlar sayli bo’lib o’tgan bo’lsa, kuni kecha 15-sentabr kuni institut rektori Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich  tashabbusi va boshchiligida talabalar hamda professor-o’qituvchilardan tashkil topgan jamoani Qo’qon shahriga sayohati tashkil etildi. Turistik sayohatga otlanish jarayoni erta tong soat 06:00 dan boshlandi. Qariyb ikki soat davomida 70 dan ziyod iqtidorli talabalar va ularning ota-onalari joylashgan avtobus 10:00da festival o’tkazilayotgan hududga yetib keldi.


 

     Ayni shu kunlarda Xalqaro hunarmandchilik festivaliga mezbonlik qilayotgan Qo’qon shahri turistlar bilan gavjum. Dunyoning 78 mamlakatidan 370 dan ziyod ishtirokchi-hunarmandlar o’z qo’l mehnatlari bilan yasagan san’at namunalari bilan ishtirok etmoqdalar. Ular orasidan maishiy hayotimiz uchun zarur bo’lgan buyumlardan tortib, xonalarimiz uchun go’zal bezak bo’la oladigan suratlar, haykalchalarni ham uchratish mumkin. Festivalni kuzatish uchun tashrif buyurgan chet-ellik turistlar o’zimizning milliy san’at namunalarini zo’r qiziqish bilan tomosha qilmoqda va sotib olmoqda. Eng quvonarli tarafi festival bo’lib o’tayotgan hududda maktab yoshidagi bolalar, chet-ellik turistlar bilan bemalol ularning o’z tilida muloqotga kirishmoqda. Festival hududi juda ham katta masshtabda tashkil etilgan bo’lsada, uning har bir burchagidan bahra olish uchun imkoniyat yaratilgan. Tashrif buyurayotgan mehmonlarga qulay va aniq bo’lishi uchun har bir viloyat hududi yirik xarflar bilan yozib qo’yilgan. Bu esa barcha san’at namunalari bilan tez fursatda tanishib chiqish imkonini yaratadi. Sayohat davomida institut jamoasi, ayniqsa talabalar juda katta taassurot oldilar hamda institut rektoriga minnatdorchilik izhor etdilar.

     Ma’lumot o’rnida aytib o’tish joizki, talabalarni qo’shni viloyatlarga turistik sayohati haqidagi taklif 13-sentabr kuni Rektor va yoshlar uchrashuvida talabalar tomonidan bildirilgan edi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi