Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 12-sentabr kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida rektor va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda Avtomatika va elektrotexnika fakultetining 200 dan ziyod talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv avvalida institut rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev bugungi uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad institut talabalarini muammolari hal etishga qaratilganligini alohida ta’kidlab o’tdi. Shu boisdan uchrashuv davomida ta’lim jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni ochiq-oydin bildirib o’tish maqsadga muvofiq ekanligini uqtirdi. Bu orqali esa oliygohimizdagi ta’lim sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, noqonuniy hatti-harakatlarni oldini olish va ularni butunlay bartaraf etish mumkin ekanligi to’g’risida so’z yuritdi.

 

  Shundan so’ng talabalar o’zlarini qiynayotgan muammolari va ularning yechimlari to’g’risidagi takliflarini bayon etdilar. Ko’plab savollarga o’sha vaqtning o’zida javob olingan bo’lsa, bazi bir takliflar atroflicha o’rganib chiqilib albatta o’z yechimini topishi aytib o’tildi.

     Bu institut rektorining talabalar bilan bo’lib o’tgan dastlabki uchrashuvi emas. Bundan oldin, o’quv yili avvalida rektor 1-bosqich talabalari bilan huddi shunday shaklda uchrashgan edi. Uchrashuvlarni tashkil etish davom etmoqda.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi