Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi 2019-2020 o’quv yili 4 sentyabrdan boshlandi. Barcha ta’lim muassasalarida bo’lgani singari, Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham bu tadbir ko’tarinki ruhda nishonlandi.

Institutimiz professor-o’qituvchilari ham “Bilimlar kuni” da faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, bir qator uztozlarning o’zi ta’lim olgan maktablarga tashrif buyurishi, tadbirni yuqori saviyada o’tishiga zamin bo’ldi.

Institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov ham o’zi taxsil olgan Asaka tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib,  “Bilimlar kuni” da ishtirok etdi.

41-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori qisqacha kirish so’zi bilan bayram tadbirini ochib berar ekan, yurtimizda mustaqillik yillarida ta’lim sohasini islox qilish bo’yicha amalga oshirilgan ulkan o’zgarishlar to’g’risida ta’kidlab o’tdi. O’z navbatida yoshlarga Andijon mashinasozlik instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.Ermatov xayoti va bosib o’tgan yo’li ibrat sifatida ko’rsatilib, kelajakda ustozning yo’lidan borishga da’vat etdi.

Tadbir davomida Q.Ermatov so’z olib, barchani mustaqillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan muborakbod etar ekan,  maktab ma’muriyatiga badiiy kitoblar va institut rektorining estalik sovg’alarini taqdim etdi.

 

X.Vasiyev – Andijon mashinasozlik instituti,

matbuot va axborot xizmati