Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Hozirgi kunda internet tarmog’i kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Tarmoqlardan foydalanuvchilarning ko’p qismi “o’quvchilar”ni tashkil etishi sir emas. Ularga tayyor maxsulotni yetkazib beruvchi ijtimoiy sahifalar ham bugunning o’quvchilarini extiyojini qondiradigan darajada faoliyat olib bormoqda. Afsuski ularning barchasi ham habarni avval tahlil qilib so’ngra aniq ma’lumot joylayvermaydi. Bu esa aholi o’rtasida shunday yolg’on habarlarga tayangan holda noto’g’ri talqinlarga sabab bo’lmoqda. 2019-yilning 5-sentabr kuni Viloyat hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha kotibiyat mudiri Azizbek Mirkomilov hamda institutimiz yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv ham aynan internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanishga qaratildi.

     Uchrashuv davomida Azizbek Mirkomilov tomonidan institut yoshlariga internet tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, tarmoqlardagi bazi bir sahifalar orqali tarqatilayotgan, hech qanday asosga ega bo’lmagan habarlarga o’z vaqtida xolisona fikr bildira olish, bu bilan aholi o’rtasida shunga o’xshash yolg’on habarlarga tayangan holda noto’g’ri talqinlarga yo’l qo’ymaslikda jamiyatning ziyoli qatlami sifatida munosabat bildirish ko’nikmalarini shakllantirish borasida tavsiyalar berdi va bu borada institut yoshlarining fikrlari, shunday holatni bartaraf etish bo’yicha takliflarini ham tingladi.    

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi