Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 4-sentabr kuni Oltinko’l tumanidagi 11-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi hamda yangi 2019/2020 o’quv yili avvaliga bag’ishlangan Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon! shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi.

     Unda institutning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i Muxtaram Nabiyevna Xaliqova ham ishtirok etdi.

     Muxtaram Xaliqova:

     Maktabga ilk qadam qo’ygan yillarim bir xotira bo’lsa, uni tark etgan kunlarim menga o’zgacha hislar baxsh etadi. Bugun garchi ilk qadam qo’yganim bo’lmasa ham, so’nggi qo’ng’iroqni tinglab ko’zimda yosh bilan tark etganim jonajon maktabimga tashrif buyurdim. O’quvchi-qizlar huddi bolalikdagi o’zimni eslatdi desam adashmagan bo’laman. Bir vaqtlar o’zim ta’lim tarbiya olgan muqaddas dargohga qarangki bugun o’zim ustoz sifatida tashrif buyurdim. Bu esa juda katta baxt! Tashkil etilgan tadbir davomida o’quvchi-yoshlarni 5 ta muhim tashabbus xususidagi bilimlarini sinash maqsadida ularga viktorina savollari bilan murojaat qildim va ijobiy javoblar oldim. Rahbar hodimlarni maktablarda dasr berishi o’ylaymanki bu ikki taraf uchun ham manfaatli. Bugun bolalikka qaytgandek bo’ldim, sababi o’zim o’qigan maktab va o’zimni eslatuvchi o’quvchi-qizlar!

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi