Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qo’shma xatiga asosan respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020 o’quv yilining dastlabki haftasi Orientation week dasturi asosida “Tanishtiruv haftasi” deb nomlandi.

     Dastur doirasida yangi o’quv yilidan talablalikka tavsiya etilgan yoshlarga yuqori kurs talabalari tomonidan institut haqida atroflicha ma’lumotlar berilishi ko’zda tutilgan. Dastur to’rt kun davom etilishi rejalashtirilgan bo’lib, dastlabki kun institutning “Mashinasozlik texnologiyasi” fakultetini yaqindan tanishtirish bilan boshlandi. “O-Week” doirasida institutning ilg’or talaba-yoshlaridan tashkil topgan ko’ngilli yoshlar tomonidan birinchi bosqich talabalariga institut, fakultetlar, kafedralar, bo’limlar, o’quv binolar, talabalar turar joyi, axborot resurs markazi va institutning umumiy infratuzilmasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. “O-Week” davomida institutdagi akademik, ilmiy va innovatsion hamda ma’naviy-ma’rifiy hayot, o’qish davomida uchrashi mumkin bo’lgan turli qiyinchiliklar, stipendiyalar miqdori va to’lov-kontraktlarni qay tartibda to’lash haqida qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi.

     Talabalar uchun institut hududiga kichik sayohat tashkil etildi. Haftalik shu oyning 7-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

    Ma’lumot o’rnida “O-Week” haftaligining 2-kuni (05.09.2019) “Avtomatika va elektrotexnika”, 3-kuni (06.09.2019) “Avtomobilsozlik” hamda so’ngi 7-sentabr sanasi “Transport va logistika” fakultetlarida bo’lib o’tadi.

 

   Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi