Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 4-sentabr kuni soat 08.00 dan boshlab viloyatdagi umumta’lim maktablarida yangi 2019/2020 o’quv yili boshlanishi, “Bilimlar kuni” tadbirlari bo’lib o’tishi munosabati bilan viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan har bir rahbar, rahbar o’rinbosarlari o’zi ta’lim olgan umumta’lim maktablarida ertalab o’tkaziladigan “Bilimlar kuni” tadbirlarida qatnashish hamda “Qadrdon maktabimga kitob sovg’a qilaman” aksiyasi doirasida maktablarga 20 donadan badiiy kitoblar sovg’a qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

     Shu kuni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Akmal Adxamovich Ermatov rahbarligida Ishchi guruh Shahrixon tumanida joylashgan 58-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdilar.

Akmal Ermatov:

     Maktab mening hayotimda juda katta o’rin tutadi. Hayotda qanday yutuqqa erishgan bo’lsam, maqsadlarimning ilk tamal toshini eng avvalo maktabda qo’yganman. Maktab insonga nafaqat bilim va tarbiya, balki ulkan mehr-muhabbat ulashadigan muqaddas maskan. Yillar o’tib, bir vaqtlar bizga bag’rini ochgan ushbu dargohga oz bo’lsada ma’naviy ozuqa ulashish insonga o’zgacha zavq ulashadi. Shu kunlarga yetib turganimdan mamnunman. Bugungi “Bilimlar kuni” munosabati bilan barchangizni tabriklar ekanman, ma’lum bir yillardan so’ng, siz aziz o’quvchilarga ham bugungi men his etayotgan tuyg’uni boshingizdan kechirishingizga tilakdoshman.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi