Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2019-yilning 29-avgust kuni viloyat teatri yonidagi maydonga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroq yerdan 64 metr balandlikda hilpiraydi va uni uzunligi 14 metrni tashkil etadi. Ulkan bayroqni o’rnatilishi mustaqilligimizning 28 yilligiga ajoyib tuhfa bo’ldi.

     Bayroqni ochilish marosimi ham shunga mos keng masshtabda tashkil etildi. Unda viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi vakillari hamda shaxrimiz aholisi ishtirok etdi. Ular qatorida institutimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham saf tortdilar. Tadbirni Andijon viloyati hokimi Shuxrat Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan,      millatning g’ururi va iftixori hisoblangan bayroq tarixini, undagi aks etgan ramziy belgilardagi ma’no va mazmunni aniq anglab olish, bu davlat ramzlariga bo‘lgan chuqur xurmat belgisi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

     Shundan so‘ng bayrog’imiz O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida ko‘kka ko‘tarildi.

     Hamisha musaffo va yorug’ osmon bag’rida hilpirayver vatan bayrog‘i!

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi