Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019 yil 28-avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda 2019-2020 o’quv yili uchun institut Ilmiy kengashining yangilangan tarkibi va ish rejasini tasdiqlash yuzasidan institut rektori U.M. Turdialiev hamda Ilmiy kengash kotibi R.K. Rahimovlar tomonidan, institutning 45 kishidan iborat bo’lishi mo’ljallanayotgani Ilmiy kengash tarkibiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar ro’yxati bilan tanishtirildi hamda Ilmiy kengashning 2019-2020 o’quv yili uchun ishlab chiqilgan ish rejasi loyihasi  kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

     O’tkazilgan ilmiy kengash yig’ilishida institutda O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining  28 yillik bayramini yuqori saviyada tashkil qilish va o’tkazish, institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarni hududlardan kelib chiqqan holda joylashtirish va ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish hamda talabalarni 2019/2020 o’quv yili davomida talabalar turar joyida istiqomat qilishi uchun to’lov miqdorini belgilash, ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil
10-iyuldagi “Ziyo Net” ta’lim axborot tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 198-sonli qarorining ijrosi, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining 2018/2019 o’quv yili yakuni bo’yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisoboti tinglandi hamda 2019/2020 o’quv yili uchun ish rejasi bilan tanishildi. Professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishi to’g’risidagi hisobotlari bilan tanishildi. 2019/2020 o’quv yili uchun o’quv jarayoni jadvalini tasdiqlash haqidagi masalalar muhokama qilindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi