Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Kuni kecha 25-avgust sanasida Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazida 2019-4-test imtihoni bo’lib o’tdi. Test imtihoni «NAT-TEST» markazi koordinatori, institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatov va koordinator assistenti B.Nabiyevlar nazorati ostida bo’lib o’tdi. Shuningdek, imtihon jarayonida auditoriya kuzatuvchilari sifatida «Transport va logistika» fakulteti dekan muovuni G.Satvaldiyeva«Avtomatika va elektrotexnika»fakulteti dekan muovuni G.Yusupova«Mashinasozlik texnologiyasi» fakulteti dekan muovuni G.Sattiqulovalar ishtirok etdilar.

Shu o’rinda yuqorida nomlari keltirilgan auditoriya kuzatuvchilari, xususan, G.SatvaldiyevaG.Yusupova, G.Sattiqulovalarga beminnat xizmatlari uchun Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi «NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi o’z minnatdorchiligini bildiradi!

 

«NAT-TEST» yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi