Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

HURMATLI ABITURIENTLAR !!!

IMTIXON KUNI 24 AVGUST SOAT 9:00 da

Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha o’qishga kirish uchun xujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtixon 2019 yil 24 avgust kuni soat 9:00 da Mashinasozlik fakulteti binosida o’tkaziladi. 

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, imtixon kuni hamma abituriyentlar belgilangan vaqtdan kech qolmasliklari shart! Kirish soat 7:00 dan boshlanadi. Imtixonga ortiqcha buyumlar (Shpargalka, Elektron texnika vositalari, Sumka va.h) olib kelinishiga yo’l qo’yilmaydi!

Olib kelinishi shart bo’lgan hujjatlar:

1️⃣  Pasport asl nusxasi

Imtixon o’tkaziladigan bino ma’nzili:

Andijon mashinasozlik institutining «Mashinasozlik» binosi. Mo’ljal: Viloyat Arxiv bo’limi oldida.

‼️ Eslatma ‼️

Imtixon quyidagi fanlardan bo’ladi.

  1. Matematika – Test (20 ta savol) – jami 20 ball
  2. Fizika – Test (20 ta savol) – jami 20 ball
  3. Ingliz tili – Test (20 ta savol) – jami 20 ball
  4. Ingliz tilidan insho (Essay) – 10 ball

Imtixon davrida abiturient bilmagan savoliga javob bermasligi tavsiya qilinadi, sababi 2 ta xato javob 1 ta to’g’ri javob balini olib tashlanishiga olib keladi.

Barcha fandan testlar ingliz tilida

Eng yuqori ball 70 ball.

‍‍ IELTS va CEFR dan sertifikatga ega abiturientlarga ingliz tilidan maksimal ball, yani 30 ball beriladi.

Ma’lumot uchun:

Telefon:       ☎️    +998944397820

Telegram:   ✉️    @admission_AndMI_2019

Web sayt:       www.andmiedu.uz