Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga ma’lumki 2019/2020 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlariga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan. Yoshlarni ta’lim tizimiga keng jalb qilish maqsadida amalga oshirilgan islohotlardan abituriyentlar ham minnatdor. Ushbu islohotlardan biri iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish.

     2019-yilning 19-avgust kuni Andijon mashinasozlik institutiga, tegishli ish beruvchi vazirlik, idora, va yirik xo’jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo’lgan va ushbu tavsiyanoma asosida bakalavriat ta’lim yo’nalishiga o’qishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat jarayoni bo’lib o’tdi.

     Suhbat jarayonini o’tkazish va talabalikka qabul qilish tartibiga ko’ra institut qabul komissiyasi raisi Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev tomonidan tavsiyanomaga ega bo’lgan abituriyentlar bilan suhbat o’tkazish bo’yicha alohida suhbat komissiyasi tashkil etildi. Jarayonda tavsiyanoma bergan tashkilotlardan vakillar ham suhbat komissiyasi tarkibida ishtirok etdi.

     Ma’lumot o’rnida aytib o’tish joizki 2019/2020 o’quv yilida institutdagi mavjud 9 ta sirtqi ta’lim yo’nalishlarining Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo`yicha) yo’nalishidan tashqari barcha yo’nalishlariga jami 89 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi