Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Davlatimiz mustaqilligini 28 yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida daxldorlik hissini shakllantirish, milliy qadriyatimizga xos bo’lgan mehr-oqibat, hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi fazilatlarni yuksaltirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

     Qizg’in jarayon mana 2 kundirki Andijon mashinasozlik institutida ham davom etmoqda. 2019/2020 o’quv yili arafasida institutning  ichki va tashqi hududlaridagi kichik yer maydonlari yumshatilib, hududdagi daraxt va manzarali gullarga shakl berilmoqda. Ariq va lotoklar chiqindilardan tozalanib, yog’ingarchilik mavsumiga shay holga keltirilmoqda. Institutning ichki hududida yangi bunyod etilayotgan landshaft maydonini tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi