Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon!” shiori ostida shaxrimiz aholisi, jumladan yoshlar o’rtasida ularning  vatanga bo’lgan muhabbatlari, cheksiz sadoqat va fidoiylik kabi fazilatlarini mustahkamlash maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

      2019-yilning 16-avgust kuni shaxrimizning “Iqbol” hamda “O’rikzor” mahallalarida tashkil etilgan bayram tadbiri ham ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Tadbirni institutimizning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i “Ma’naviyat targ’ibotchisi” ko’krak nishoni sohibasi Muxtaram Xoliqova olib bordi.

       Tadbir doirasida bayram munosabati bilan oziq-ovqat yarmarkasi, kitob aksiyasi, konsert dasturlari tashkil etildi.

       Muxtaram Xoliqova:

      Bugungi o’tkazilgan tadbirdan aholi juda katta ma’naviy ozuqa oldi desam adashmagan bo’laman. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari tadbir yakunida menga murojaat qilar ekanlar, faqatgina minnatdorchilik va mana shu yurt farzandi ekanliklaridan yuzlarida faxr va iftixor, shukronalik hissi barx urib turardi.  Balki O’zbekiston deb atalmish nurafshon yurtda yashayotganliklari, o’zlarining farzandlari bejirim bezatilgan sahnada raqsga tushayotgani, Ona Vatan haqida jo’shib she’rlar, qo’shiqlar kuylayotgani bu eng katta baxt ekanligini yana bir bor anglatgan bo’lsa ajab emas. Shunday ozod va obod  yurtga to’ylar, bayramlar yarashadi. Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo’lsin!

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi