Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ma`lumki, Andijon mashinasozlik institutida AIF fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan  “O`zbekistonda oliy ta`lim va ishlab chiqarishning sinergetik integratsiyasini yaratish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida  joriy yilning 1 – 10 avgust kunlari Gretsiyaning G`arbiy Attika Universitetida OTMlari va ishlab chiqarish korxonalari o`rtasida samarali hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha trening kursini o`tkazish ko`zda tutilgan bo`lib, hozirda institutimiz va ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar (Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor – A.A.Ermatov, “Avtomobilsozlik” kafedrasi professori T.O.Almataev, “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistenti O.A.Tursunov Uz-Koram Co qo`shma korxonasi Ishlab chiqarish jarayoni menejeri – E.Valiev)lar mazkur treningda ishtirok etmoqdalar.

     Treningning dastlabki kunida G`arbiy Attika Universitetining prorektori Georgios Priniotakis, Sifat nazorati bo`limi boshlig`i Marisa Sigala, Korxonalar bilan aloqalar bo`limi koordinatori Maria Kaltsogiannilar bilan uchrashuvlar hamda treningning 1-darslari bo`lib o`tdi. Trening 10-avgustga qadar davom etadi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi