Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Andijon mashinasozlik institutini rektori Umid Turdialiyev Andijon viloyati hokimligining delegatsiyasi bilan birgalikda 28-iyuldan 1-avgustgacha rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasining “Belarusiya-Rossiya universiteti” ga tashrif buyurdi.

     Tashrif davomida Belarusiya-Rossiya universiteti rektori Lutsenkov Mixail Yevgenevich bilan uchrashib kelgusida universitetlar o’rtasida hamkorliklarni yaxshilash, talabalar, magistrlar, professor o’qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ishlarini olib borish, xalqaro va mintaqaviy loyixalarda birga ishtirok bo’yicha kelishuvga erishildi.

     Shu bilan birga, 2019-2020 o’quv yilidan boshlab Andijon Mashinasozlik Instituti va Belarusiya-Rossiya universitetida o’rtasida “5230100 – Iqtisodiyot” va “5620100 – Tashishlarni tashkil etish va Transport logistikasi” yo’nalishlarida qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish bo’yicha shartnomalar imzolandi. Yangi o’quv yilidan boshlab “5230100 – Iqtisodiyot” va “5620100 – Tashishlarni tashkil etish va Transport logistikasi” yo’nalishlarida Belarusiya-Rossiya universiteti bilan birgalikda ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi