Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

2019/2020 o’quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlariga to’lov-kontrakt asosida quyidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisligi uchun

QABUL E’LON QILADI

Dastur nomi Ta’lim yo’nalishi, mutaxassislik Xorijiy davlat nomi Hamkor xorijiy OTM nomi Qabul kvotasi Dastur shakli
SHifri Nomi
Automotive Engineering 5310500 Avtomobilsozlik va traktorsozlik Janubiy Koreya Tegu universiteti 25 2+2
Mechanical Engineering 5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish Xitoy Xalq Respublikasi SHimoliy Xitoy texnologiya universiteti 25 2+2
Mechatronic Engineering 5312600 Mexatronika va robototexnika 25 2+2
Artificial Intelligent 5312700 Intellektual muhandislik tizimlari 25 2+2
Clinic Engineering 5A320201 Tibbiyot va biotexnologiya mashinalari va jihozlari Janubiy Koreya Tegu universiteti 10 1+1

Abituriyentdan talab etiluvchi hujjatlar:

  • o’rta yoki o’rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko’rsatiladi);
  • pasport nusxasi (asli ko’rsatiladi)
  • ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat (IELTS, TOEFL, CEFR) – agar sertifikat mavjud bo’lmasa, abituriyent ingliz tilidan belgilangan tartib asosida suhbatdan o’tadi va hujjat topshirishga tavsiya e’tiladi;
  • ariza (ingliz tilida to’ldiriladi);
  • 4 dona 3.5×4.5 rasm

Magistratura: Institutning xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat etiladi. Tel: +998 74 235 12 64, +998 90 387 71 70

Eslatma! O’qish kunduzgi ta’lim shaklida to’liq ingliz tilida Tegu universiteti yoki SHimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.

Va bu hali hammasi emas! O’qishni muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga yurtimizda va Janubiy Koreya yoki Xitoy Xalq Respublikasida tan olinadigan 2 ta: Tegu universiteti yoki SHimoliy Xitoy texnologiya va Andijon mashinasozlik instituti diplomlari beriladi.

Eng muhimi! Agar siz IELTS (5.0 yoki undan ortiq) sertifikatiga ega bo’lsangiz sizga ingliz tilidan maksimal ball beriladi.

Kirish sinovlari! O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 1-sonli bayoni asosida kirish imtihonlari ikki bosqichda o’tkaziladi:

  • birinchi bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadilar;
  • ikkinchi bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.

Izoh: Bakalavriat va magistratura uchun hujjatlar 2019 yil 26 iyuldan 10 avgustgacha har kuni 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.

Eslatma! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyuldagi 393-sonli qarori bilan qo’shma ta’lim dasturi asosida taxsil olayotgan talabaning o’qishi ko’chirilmasligi va qayta tiklanmasligi belgilangan (qo’shma dasturning o’zi bundan mustasno).

Manzil: Andijon shahri, Boburshoh ko’chasi, 56 uy, Institutning asosiy binosi

Telefon:  +998742234612; +998742234722

Internet:               www.andmiedu.uz

Telegram:           t.me/admission_AndMI_2019