Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari, Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i O.Bozorov 2019-yil 27-iyul kuni institutga tashrif buyurdi.

     O.Bozorov tashrifi davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni qo’llab-quvvatlash maqsadida institutda amalga oshirilgan tadbirlar hamda tashkil etilgan 5 ta muhim tashabbus xonalari bilan tanishib, ijobiy baho berdi.

     Shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari, Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i O.Bozorov tomonidan institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatovga yangi 2019-2020 o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish, talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, talabalar orasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko’lamini kengaytirish va guruh murabbiylari faoliyatiga doir qo’shimcha ko’rsatma va vazifalar belgilab berdi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi