Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 27-iyul kuni Andijon mashinasozlik institutining katta anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, Farmonnning mazmun mohiyatini jamoatchilik orasida keng targ’ib qilish maqsadida “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

     Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi Batir Djoldasovich Matmuradov, rais o’rinbosari Tolibjon Abdumalikovich Madumarov, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig’i Otabek Xasanboyevich Bozorov,hamda viloyat prokuratura va ichki ishlar boshqarmasi vakillari, Andijondagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar va professor-o’qituvchlar ishtirok etdi.

     

 

     Yig’ilish davomida yoshlarga korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo’yicha oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mavzularni yanada kuchaytirish,  ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshishi, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllanishida kuchli immunitetni xosil qilish, oliy ta’lim tizimida shaffoflik va adolatni to’laqonli tiklash bilan kelajakda har sohada jahon reytingida nufuzli o’rinlarni egallash mumkinligi to’g’risida so’z yuritildi. Hozirda butun dunyo mamlakatlari diqqat markazi turgan, o’zining investitsion jozibasi bilan bir qator investorlarni o’zga jalb qilayotgan yurtimizda korruptsiya kabi illat, ularni mamlakatimizda erkin raqobatni yo’lga qo’yishida to’siq bo’layotgani, sohalardagi ildiz otib borayotgan bu illatga qarshi kurashishni avvalo ta’lim dargohidan boshlash maqsadga muvofiq ekanligi aytildi.

         Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida barcha sohalarga o’rnak bo’ladigan, kerak bo’lsa bu borada tayanch bo’lib xizmat qiladigan, amalga oshirilayotgan keng islohotlarda boshqa sohalarga yetakchi bo’la oladigan salohiyatni oliy ta’lim tizimida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi haqida fikrlar bildirildi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi