Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti ma’muriyati hamda «Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi» homiyligi va Andijon «Sayohat-sport» firmasi hamkorligida tashkil etilgan Andijon-Shohimardon yo’nalishida 2019 yil 23-24 iyul kunlari 2 kunlik sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida Shohimardonning fusunkor tabiati, zilol suvlari, ming dardga davo nabodot olami, baland tog’larini aylandilar.

U yerda Hazrat Ali (r.a.) ziyoratgohi, Hamza Hakimzoda Niyoziy moziygohi, “Archamozor” va “Tolmozor” zirayotgohlarini ziyorat qildilar.

    

Dastlab ulkan tog’ bag’riga, tepalikka piyoda, tirmashib chiqib “Jannatariq” deb nomlangan soy orqali ham jisman poklangan, ham shifobaxsh suvdan tanasiga darmon olgan institut xodimlari “Chakkatomar” bulog’i suvidan ichib, so’ngra Hazrat Ali (r.a.)mozorini ziyorat qilib, ezgu niyatlarining ijobatini tilab, duoga qo’l ochdilar.

Tog’ning ikki tomonidan oqib keladigan soylar Oqsuv va Ko’ksuv soylarinini tomosha qilib, maroqli dam oldilar.

Sayohat barchada katta taassurot qoldirdi. Buning uchun institut ma’muriyatiga kattadan-katta, ishchi-xodimlar nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.