Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2019-yilning 24-iyul kuni institutning asosiy binosi  anjumanlar zalida navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Yig’ilish avvalida taqdirlash marosimi o’tkazildi. Unda Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri X.Sobirovni 60 yoshga to’lganligi munosabati bilan institut jamoasietgan bo’lsa, institutning yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Ermatovga «Ma’naviyat targ’ibotchisi» ko’krak nishoni, Fizika va kimyo kafedrasi mudiri G.Umarovaga dotsentlik unvoni topshirildi. Avtomobilsozlik kafedrasi laboranti Oybek Umarov “Mard o’g’lon” mukofoti sohibi bo’lganligi munosabati bilan institut rektorining tabrigini qabul qilib oldi. 

    Yig’ilish institut rektori U.M.Turdialiyevning 2019/2020 o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha talabalar turar joylarini 2019-yil 1-sentyabr kunigacha barcha sharoitlar yaratilgan holda tayyorlash, Axborot-resurs markazini fanlarga oid barcha adabiyotlar bilan ta’minlash hamda talabalar foydalanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, ma’ruza zallari va laboratoriya xonalarini tayyorlash, institutda obodonlashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta’minotini uzluksizligini ta’minlash choralarini ko’rish) hamda Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to‘g‘risidagi taqdimoti bilan boshlandi. Bu borada fakultetlardagi mavjud muammolar va hozirda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida barcha dekanlar o‘z fakultetlari kesimida axborot berdilar. 

     Ilmiy kengash yig‘ilishida Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hayhat qarorlari ijrosi)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-3907-son qarori ijrosi, institutning tarkibiy tuzilmalari va pedagog xodimlarni ichki attestatsiyadan o’tkazish,  qabul komissiyasining ishini tashkil qilish va uni yuqori saviyada o’tkazish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga tavsiyalar hamda SCOPUS va Science Direct tizimi axborotlaridan professor-o’qituvchilar va tadqiqotchilarni foydalanish hamda maqolalarni chop etish, Oliy tahlim muassasalarida talabalar hamda professor-o’qituvchilardan turli maqsadlarda noqonuniy pul yig’ishlar va korruptsiyaning oldini olish bo’yicha Avtomobilsozlik fakultetida olib borilayotgan, kafedraning o’quv jarayoni, o’quv-uslubiy ishlari, kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, grantlar, xo’jalik shartnomalari hamda yoshlar bilan ishlash bo’yicha istiqbol rejasi kabi masalalar ko’rildi. O’quv-uslubiy kengashning 2018/2019 o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha hisoboti va yangi o’quv yili uchun ish rejasi bilan tanishildi.

 

 

 

     Yig’ilish davomida institut strukturasiga qo’shimchalar kiritish, institutda ilmiy darajalar beruvchi yangi ixtisoslashtirilgan kengash ochish, faxriy professor-o’qituvchilar nomidagi stipendiya va uni tayinlash tartibi, tayanch doktorantlarning yarim yillik  (2019-yilni yanvar-iyun oylari) hisoboti attestatsiyasi natijalarini tasdiqlash, professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlarni, o’quv qo’llanmalarini, monografiya, ilmiy risolalarni nashr qilish kabi turli masalalar ham muhokama qilindi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi