Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019/2020 o’quv yilining 1-sentabridan boshlab Andijonda o’z faoliyatini boshlash arafasida turgan Xindistonning Sharda Universiteti vakillari Amal Kumar hamda Nazrul Islomlar 2019-yilning 22-iyul kuni institutimizga tashrif buyurdi.

     Tashrif davomida institut rektori Umid Muxtoraliyevich Turdialiyev hamda Xindistonning Sharda Universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

     Uchrashuvdan davomida kelgusida har ikkala oliygoh o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini o’rnatish, o’zaro tajriba almashish borasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Mehmonlar Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatilishi, universitetning kelgusidagi faoliyatida muhim o’rin tutishini alohida ta’kidlab o’tdilar.

     Malumot o’rnida Sharda universitetiga o’qish qabul qilish jarayoni 1 iyuldan 20-iyul sanalari oralig’ida bo’lib o’tdi.  Kirish imtihonlari joriy yilning 24-iyul, 21-avgust kunlari bo’lib o’tadi.Yakuniy natijalar avgust oyida e’lon qilinadi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi