Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 3-may kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror imzolangan edi. Unga ko’ra ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko’maklashish nazarda tutilgan.

     Mamlakatimiz rahbari boshchiligidagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilangan bo’lib, bular aholi o’rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish, oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish va sog’lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, “mahalla — tuman — viloyat — respublika” printsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, kabi bir qator bandlarni o’z ichiga oladi.

     Yuqorida keltirilgan qarordan kelib chiqib Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham ushbu islohotlarga o’z hissani qo’shib kelmoqda.

    2019-yilning 12-iyul kuni Andijon mashinasozlik instituti hamda Andijon shahar 3-kichik daha “Iqbol” MFY hamkorligida ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi ishtirokida “Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i, “Ma’rifat targ’ibotchilari” ko’krak nishoni sohibasi M.Xoliqova tomonidan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

  O’tkazilgan tadbirda Andijon shahar 3-9-14-maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan musiqiy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar, Andijon shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi, Andijon shahar “Bolalar o’smirlar sport” maktabi o’quvchilari tomonidan “Badiiy gimnastika” chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, Andijon shahar bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilish maqsadida “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.

 Ushbu tadbir aholida katta taasurot qoldirdi.Tadbirda 600 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.

Muxtaram Xoliqova:

«Inson jamiyatga shaxs sifatida kamol topib qo’shilguniga qadar oila, mahalla deb atalmish muqaddas dargohda tarbiya oladi.Agar oilada, mahallada inson yaxshi tarbiya egasi bo’lsa kelgusida jamiyatda mustahkam o’rin va nufuzga ega bo’la oladi.  Bir vaqtlar menga dastlabki ta’lim-tarbiyani bergan oilam va mahallamda xanuzgacha odob axloq haqida yoshlarga uqtirilib kelinadi. Ushbu ezgu ishlarni davom ettirish maqsadida ma’naviy targ’ibotni o’z oilam, o’z mahallamdan boshladim».

    

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati hodimi