Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy yilning 2-6 iyul kunlari Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafеdrasining mudiri Qurbonov Yoqub Egambеrdiеvich, “Mеtrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati mеnеjmеnti” kafеdrasining profеssori Jo`raеv Zafar Botirovich va “Innovatsion ta`lim tеxnologiyalari” bo`limi bosh mutaxassisi Yusupov Sarvarbеk Sodiqovichlar loyiha doirasida hamkor mamlakatlarning universitetlari bilan Qozog`iston Respublikasining Almata Texnologiyalar Universitetida tashkil etilgan ikkinchi yig`ilishida ishtirok etib keldilar. (Ma`lumot o`rnida eslatib o`tamiz ushbu loyiha doirasida birinchi ishchi yig`ilish 2019 yilning 11-16 mart kunlari Balgariyaning Ruse shahrida bo`lib o`tgan edi.)

     Seminarning birinchi ish kunida hamkor mamlakatlarning universitetlari profеssor-o`qituvchilar va talabalar o`rtasida o`quv jarayonlarida innovatsion ta`lim tеxnologiyalardan foydalanish bo`yicha o`tkazilgan so`rovnoma natijalari muhokama qilindi.

     Seminarning ikkinchi ish kunida hamkor OTMlarda innovatsion ta`lim texnologiyalariga asoslangan boshqa turdagi dasturlarning joriy etilganlik holati muhoka qilinib, xalqaro tajribalar almashinildi. Bundan tashqari, loyihaning hamkor mamlakatlarni oliy ta`lim tizimida raqamli texnologiyalarni ta`lim tizimiga moslashtirishning konsepsiyasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo`yildi .

     Seminarning uchinchi ish kunida har bir hamkor OTMlarda “Innovatsion ta`lim texnologiyalar” markazini ochish, ta`lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni qo`llash bo`yicha tavsiyalar berildi va u bo`yicha tajribalar almashinildi hamda Almata Texnologiyalar Universitetida loyiha bo`yicha qilingan amaliy ishlar, o`quv xonalari, texnoparklar, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish kabi tajribalari o`rganildi.

     Seminarning to`rtinchi ish kunida hamkor mamlakatlarning seminarda olgan tajribalari va kelgusida loyiha bo`yicha rejalashtirilgan ishlar, aniq topshiriqlar Yevropa Ittifoqining Grand Holderi Angel Smirkarov va Stoyanka Smrikovalar tomonidan berildi.

     Institutning delegatsiya a`zolari yig`ilishda ishtirok etishdan tashqari Almata Texnologiyalar Universiteti bilan hamkorlikda ilmiy, innovatsion va uslubiy ishlar yuzasidan Memorandum tuzildi.

     Shuningdek, delegatsiya a`zolari Almata shahridagi Satbayev nomidagi Qozog`iston milliy texnologiyalar universitetida ham bo`lib, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqarishdagi muammolarni birgalikda hal etish, Magistrlar va Doktorantlarni Mexatronika sohasi bo`yicha ilmiy tajriba almashinuv dasturlari yuzasidan dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi