Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 9-iyul kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida “Yurtimizni korruptsiya illatidan saqlaymiz” mavzusida bo’lib o’tgan profilaktik tadbirda, Andijon viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari K.R.Yulbarsov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig’i D.R.Umaraliev,   institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.A.Ermatov, barcha prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.

     Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.A.Ermatov kirish so’zi bilan ochib, targ’ibot va profilaktik tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.

     A.Ermatov o’z so’zida jamiyatning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omil – korruptsiya to’g’risida to’xtalib, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korruptsiyaning davlat va jamiyat xavfsizligiga rahna soluvchi eng xatarli illatlardan biri ekanligi, shuningdek, aynan korruptsiya sababli boshqa xavfli illatlarning shakllanishiga yo’l ochilishi xususida to’xtalib o’tdi.

     Shu kuni mutaxassislar davlatimiz rahbari tomonidan “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning imzolanishi aynan korruptsiya jinoyatiga qaratilgan ishlar uchun dastlabki qadam bo’lganligi, ushbu qonunning qabul qilinishi bilan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida Respublikamiz bo’ylab bu jinoyatning sodir etilish holatlari sezilarli darajada kamayganligi, albatta, “Kasallikni davolagandan ko’ra uning oldini olgan yaxshi” deganlaridek, jamiyatda korruptsiyaning oldini olish yo’nalishida mana shunday profilaktik targ’ibot tadbirlarini doimiy o’tkazilib borilishi hozirgi zamon talabi ekanligi to’g’risida so’z yuritdilar. Korruptsiyaning naqadar xavfli illat ekanligi, davlat va jamiyatning sog’lom ruhiyatda shakllanishiga qanchalik to’siq bo’lishi hamda ushbu kunda mamlakatimizda bu illatni bartaraf etish bo’yicha qonuniy hamda ijtimoiy jihatdan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritib, «Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonun huquqiy munosabatlarni to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini ko’tarishga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korruptsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi xususida alohida to’xtalib o’tdilar.

      Shundan so’ng davra suhbati qatnashchilari uchun Andijon viloyatida korruptsiyaning oldini olish yo’nalishida tasvirga olingan videorolik namoyish etildi.

     Videorolik namoyishidan so’ng institutning “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti M.N.Nazarov yig’ilishda so’z olib, ta’lim muassasalari talaba-yoshlari orasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, yoshlarimizni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilganligi islohotlar xususida to’xtalib, korruptsiyaning jamiyat taraqqiyotiga qay tarzda salbiy ta’sir ko’rsatishi to’g’risdagi fikrlarni bildirdi.

     Jumladan, har birimiz qayerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo’lganda sharoitga bo’ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o’rniga bong urishimiz kerakligi va mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o’zimizdan boshlashimiz kerakligini ta’kidladi.

     O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlanganligi, Qonunga ko’ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korruptsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanganligi to’g’risida to’xtaldi.

     Yig’ilish yakunida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor A.A.Ermatov so’zga chiqib, www.kun.uz saytida e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yuldashevning fikrlari to’g’risida to’xtalib, muqaddas dinimizda ham pora olish yoki berish qoralanishi, jumladan, “Pora bergan va pora olgan kimsa bizdan emasdir”, deb zikr qilinishi, bu islom dinida poraxo’rlik eng katta gunoh ekanligini anglatishi haqida gapirdi va jamiyatni ana shunday illatlardan tozalasak, shundagina biz adolatli jamiyatning asl fuqarosi bo’la olamiz – deb, o’z fikr-mulohalarini yakunladi.

     Profilaktik va targ’ibot tadbiri yakunida, institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.A.Ermatov tadbir qatnashchilariga professor-o’qituvchi va xodimlar nomidan minnatdorchilik bildirib, institutda shu kabi tadbirlarni tez-tez o’tkazish foydadan holi bo’lmasligini ta’kidladi.

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi