Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining 5 nafar pedagog hodimlari AIF grantlari asosida  “O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik  integratsiyasini  yaratish” (3 nafar) hamda “Mexatronika va robototexnika” yo’nalishi o’quv dasturlarini innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” (2 nafar) loyihalari doirasida Sankt Peterburg Politexnika universitetida ikki hafta davom etgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib, dasturni muvaffaqiyatli yakunladilar.

Loyiha ishtirokchilari qisqa muddat davomida 72 soatga mo`ljallangan individual dastur asosida “Ishlab chiqarish va ta`limda zamonaviy boshqaruv va axborot tizimlari” yo’nalishi bo’yicha malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlandilar. Shu bilan birga  Universitetning o’quv, uslubiy, ilmiy faoliyatiga oid bo’limlari, hamkor ishlab chiqarish markazlari va korxonalari va ulardagi Universitet bo`limlarida malaka oshirdilar.

Tashrif doirasida ishtirokchilar Universitetning ta’lim va islab chiqarish integratsiyasi  bo’yicha tajribalarini o`rgandilar hamda “Mexatronika va robototexnika” bo`yicha mutaxassislar bilan fikr almashdilar. Shuningdek yuqorida qayd etilgan har ikki loyiha doirasida kelajakda bajariladigan ishlar yuzasidan muzokaralar o’tkazildi  va o’zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Loyihalar O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligining Akademik Innovatsiyalar Fondi tomonidan e`lon qilingan tanlov asosida yutilgan bo`lib Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilgan. Sankt Peterburg politexnika universiteti “O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik  integratsiyasini  yaratish” va “Mexatronika va robototexnika” yo’nalishi o’quv dasturlarini innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihalarining strategik hamkori hisoblanadi.

Malaka oshirish dasturini yakunida Andijon mashinasozlik instituti pedagog hodimlari M.E.Juraxonov, I.N.Saydaliyev, N.T.Almatayev, O.O.Holmatov va F.Sh.Dumaxonovlar tegishli sertifikatlarga ega bo’ldilar.

  

https://t.me/andmiedu