Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Sport bilan muntazam shug’ullanib borish insonga ham ruhan ham jismonan kuch bag’ishlaydi. Kun davomida boshlagan ishimizda unum va samara, kayfiyatimizning esa a’lo bo’lishida sportning ahamiyati juda katta. Inson salomatligi va uzoq umr ko’rishi kaliti ham bevosita sport ekanligini qadimgi ulamolar ham, hozirgi zamonaviy tibbiyot ham tasdiqlashi mumkin. Insonlar o’rtasida sport qanchalik ommalashsa, bu jamiyatni yuksalishidan dalolat beradi. Zero mamlakatni har tomonlama sog’lom fikrlaydigan yoshlar boshqaradi.

     Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2019-yilning 5-iyun kuni “Tokio sari yo’l” shiori ostida o’tkazilgan “Ommaviy yurish” tadbirlari tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi barcha korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar. Shahrimizning Amir Temur shox ko’chasi bo’ylab tashkil etilgan sport paradida Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad yurtdoshlarimiz o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, viloyatimiz yoshlarini sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish.

 

     Tadbirda o’n besh mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi