Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev ishlab chiqilgan jadval asosida institutning kafedralari faoliyatini o’rganmoqda.  Jumladan 2019-yilning 3-iyul «Gumanitar fanlar», «Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish», «Texnologik mashinalar va jihozlar», «Mashinasozlik texnologiyasi», «Fizika va kimyo», «Elektrotexnika, elektrogmexanika va elektrotexnologiyalar», «Axborot texnologiyalari», «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi «kafedralarida, professor-o’qituvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

     Uchrashuvlar davomida kafedralar professor-o’qituvchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda kafedralardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, bu orqali kafedralar faoliyatini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar va topshiriqlarni belgilab berdi. Shuningdek 2019-2020 o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonalari bilan yaqindan tanishib o’zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.  

     4-iyul kuni jadval asosida «Tillar kafedrasi», «Yer usti transport tizimlari», «Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi», «Oliy matematika», «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti», «Avtomobilsozlik», «Gidropnevmoyuritmalar», «Umumtexnika fanlari» kafedralari faoliyatini o’rganish rejalashtirilgan.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi