Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berilganidek institutning 5 nafar pedagog xodimlari AIF fondi grantlari xisobidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik  integratsiyasini  yaratish” hamda “Mexatronika va robototexnika yo’nalishi o’quv dasturlarini innovatsion g’oya va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiyalash” loyihalar doirasida Sankt Peterburg Politexnika universitetida malaka oshirmoqdalar.

    Malaka oshirish davomida vakillarimiz universitetning bir qator bo’lim va kafedralar faoliyatlari bilan ham yaqindan tanishmoqdalar. Jumladan, universitetning «Qo’shimcha ta’lim instituti» (Институт дополнительного образования) direktori O.S. Ipatov, «Asosiy ta’lim dasturlari direktsiyasi» (Дирекция основных образовательных програм) boshlig’i L.V. Pankova, «Ta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (Центр развития образовательных програм) direktori N.V. Muxanova, universitet qoshidagi «Sinergiya» o’quv-ilmiy markaz (Северо-Западный межвузовский региональный учебно-научный центр «СПбПУ-ФЕСТО «Синергия») boshlig’i V.V. Potexin, «Talabalar amaliyotini tashkil etish markazi» (Сектор организации практики студентов) mutaxassislari N.A. Sinyugina va A. I. Vasilev, «Kompyuter injiniring markazi» (CompMechLab Центр компьютерного инжиниринга) bosh mutaxassisi M. Sharkov, «Mashinasozlik va konstruktsiyalash asoslari» (Машиноведение и основы конструирования) kafedrasi mudiri M.A. Skotnikova  va boshqalar bilan uchrashib universitetning o’quv jarayoni, ilmiy faoliyati, talabalar amaliyoti hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalariga doir tajribalari bilan tanishmoqdalar.

     Malaka oshirish kurslari 6 iyul kunigacha davom etadi.

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi