Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Alisher Navoiy dam olish va istirohat bog’ining yozgi amfiteatrida30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Besh tashabbus bilan kelajaksari” shiori ostida Festival tashkil etildi. Festivalni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib, yig’ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston yoshlariga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi.

    Festival avvalida ilm-fan, san’at, sport kabi turli sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlar viloyat hokimi tomonidan munosib taqdirlandi. Bayram munosabati bilan respublikamizning 5 nafar o’g’loni safida, “Mard o’g’lon” mukofotiga loyiq topilgan Andijon mashinasozlik instituti assistenti Umarov Oybek To’lqinjanovichni ham borligi institutimiz yoshlari qalbida iftihor uyg’otdi.

     Shu kuni tantanali taqdirlash marosimi konsert dasturiga ulanib ketdi. Dasturda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, honandalar G’anisher Abdullayev, Mashxurbek Raimov, Jasur Mavlonov, Malika Egamberdiyeva, Abror Azizov hamda viloyatimizning yosh umidli san’atkorlari ishtirok etdilar.

   

     Konsert so’ngiga qadar ko’tarinki kayfiyat har bir yoshga hamroh bo’ldi. Yakunda Ozodbek Nazarbekovning Mendirman o’sha taronasiga barcha Andijon yoshlari baralla jo’r bo’ldilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi