Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2019-yilning 28-iyun kuni Andijon mashinasozlik instituti va Novosibirsk davlat texnika universiteti o’rtasida onlayn video konferensiya bo’lib o’tdi.

     Konferentsiyada institutning  O’quv ishlar bo’yicha prorektori Q.Ermatov, Ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektor B.Mamajonov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.Jurayev, Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi mudiri U.Madrahimov, Ilmiy bo’lim boshlig’i A.Xodjiyevlar ishtirok etdi.

     Novosibirsk davlat texnika universiteti tomonidan Xaqaro aloqalar bo’yicha prorektor Nekrasov Vadim Vladimirovich, O’quv ishlar bo’yicha prorektor Vostretsov Aleksey Gennadovich va kafedra mudirlari qatnashdilar.

     Onlayn konferensiya davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida kelgusi yildan bir qator yo’nalish bo’yicha qo’shma dasturlar ishlab chiqish va uni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib borildi va ushbu loyihalarni kelgusi 2019/2020 o’quv yilidan yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

     Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot izlanishlarni birga olib borish va Andijon mashinasozlik instituti yosh olimlarini malaka oshirish va stajirovka o’tash uchun Novosibirsk davlat texnika universitetiga yuborish bo’yicha masalalar ham muhokama qilindi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi