Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 534-sonli qarori bilan Umid Muxtaralievich Turdialiev Andijon mashinasozlik institut rektori etib tayinlandi.

     2019-yilning 29-iyun kuni Umid Muxtaralievich Turdialiev ishtirokida yig’ilish tashkil etildi. Yig’ilishda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.U.Majidov, viloyat hokimi o’rinbosari U.I.Shukurov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, M.M.Madazimov, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori A.A.Abduvasiqov, institutning barcha prorektorlari bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari 220 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

     Yig’ilish avvalida Inomjon Urishevich Majidov Prezidentimiz tomonidan 2019-yilning 24-may kuni O’zbekiston milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh taqdqiqotchilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda ilmiy tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalari ko’tarilganligi hamda oliy ta’lim muassasalari oldiga bir qator muhim vazifalar berilganligini ta’kidlab o’tdi. Umid Muxtaralievich Turdialievga ushbu topshiriqlarni bajarishda, kelgusidagi faoliyatida institut jamoasi bilan birgalikda institutning mavqeyini yanada yuksaltirish va Prezidentimiz tomonidan ta’lim sifatini yuqori bosqichga olib chiqish bo’yicha belgilab berilgan vazifalarni to’liq bajarishda omad va zafarlar tiladi.  

     Shundan so’ng Andijon mashinasozlik institut rektori Umid Muxtaralievich Turdialievga so’z berildi. Yangi rahbar o’z so’zida avvalo shunday ishonch bildirganligi uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etdi. Kelgusida institut bugungi kundagi mavqeyini ushlab turish, shu bilan birgalikda uni yangi bosqichga olib chiqishda sidqi dildan harakat qilishga va’da berdi.

 

     Yig’ilish davomida institutning ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan professor-o’qituvchilari hamda faxriy ustozlari yuqoridagi barcha vazifalar va maqsadlarga erishishda bir jamoa sifatida ko’makka doim tayyor ekanliklarini ta’kidlab o’tdilar.

 

 

Odilov Otabek 

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi