Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Jalaquduq tumanining so’lim maskanlari bag’rida faoliyat olib borayotgan “Oqbuloq” bolalar oromgohi har yilgidek bu yil ham maktab o’quvchilari bilan fayzli ko’rinish olgan. Bu yerda o’quvchilar bo’sh vaqtlarini san’at, sport, kitobxonlik, kompyuter o’yinlari, turli xil ko’ngilochar kechalar bilan maroqli o’tkazmoqda. Bir so’z bilan aytganda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus oromgohda yoshlarining har kunida xamroh bo’lib kelmoqda desak adashmagan bo’lamiz. Andijon mashinasozlik institutining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Navro’z” badiiy dastasi ham o’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda o’z hissalarini qo’shish uchun ular xordiq chiqarayotgan oromgohga tashrif buyurdilar.

          Dastur avvalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi institute boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Baxriddin Safarov barchani 30-iyun Yoshlar kuni bilan muborakbod etib, barchani o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishida omad va zafarlar tiladi.

Shu kuni institutning «Nihol» talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan teatr spektallari namoyish etildi, O’zbeknavo konsert birlashmasi xonandasi Anvarjon Qosimov ijrosida raqsbop qo’shiqlar kuylandi va o’quvchi-yoshlarning dunyoqarashini kengayishi uchun xizmat qiladigan “Mening kelajakdagi orzuim” nomli interaktiv o’yinlar tashkil etildi.

   

   

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborozt xizmati xodimi