Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     So’ngi yillarda Andijon mashinasozlik instituti chet davlatlardagi turdosh oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda. O’zaro hamkorlik asosida bir qator tajriba almashish ishlari yo’lga qo’yilgan. Bu ayniqsa institut professor-o’qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilayotganligi kelgusida oliygohdagi ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

     Andijon mashinasozlik institutidan 5 nafar professor-o’qituvchi o’zaro tajriba almashish maqsadida 2019-yilning 23-iyun kuni Rossiyaning Sankt Peterburg politexnika universitetiga yuborildi.

     Amalga oshirilgan tashrif davomida vakillarimiz AIF fondi grantlari asosida  “O’zbekistonda oliy ta’lim va ishlab chiqarishning sinergetik  integratsiyasini  yaratish” hamda “Mexatronika va robototexnika yo’nalishi o’quv dasturlarini innovatsion g’oya va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiyalash” kabi loyihalar bo’yicha tajriba va malakalarini oshiradilar.

     Safar 2019-yilning 23-iyun sanasida 7-iyul sanasiga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi