Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligida, fan va ta’lim sohalarining rivoji juda katta ahamiyatga ega. Dunyoning deyarli barcha nuqtalariga maxsulot yetkazib berayotgan Xitoy yoki o’z texnologiyalari bilan olamni hayratga solayotgan Yaponiya kabi qithadoshlarimiz ham avvalo yoshlar ta’limiga katta e’tibor qaratish orqali bugungi natijaga erishganligi xech birimizga siz emas. Shu sababdan yurtimizda yoshlarni ilm-fanga qiziqishlarini oshirish, ularni ilmiy-izlanishlar olib borishlari, umuman yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

     Amaliy ishlarning eng zalvorlisi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, bugun yurtimizning har bir nuqtasi amalda va yoshlarning qiziqishlari, istak va xohishlarini yuzaga chiqarishda chinakam tayanch bo’lib kelmoqda desak mubolaғa bo’lmaydi. 5 ta muhim sohalarni o’z ichiga olgan tashabbus bugun yurtimiz yoshlarini, bugun va kelajak kadrlari qanday bo’lishi lozimligini his qilishlari uchun katta zamin bo’lib xizmat qilmoqda.

     Prezidentimizning yoshlar siyosati nuqtai nazaridan olib borayotgan bosqichma-bosqich amaliy ishlarining yana biri, ularning ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, 2019-yilning 24-may kuni O’zbekiston milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari raxbarlari, akademiklar, olimlar, yosh taqdqiqotchilar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda ilmiy tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalari haqida so’z borib, ilm ahli oldiga bir qator muhim vazifalarni belgilab berilgan. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatning ilm o’chog’i hisoblangan oliy ta’lim muassasalarida bir qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda.

     2019-yilning 25-iyun kuni  Andijon Mashinasozlik instituti hamda  Andijon viloyati xokimligi hamkorligida «Zamonaviy ilm-fanning innovatsion rivojlanishi»  mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.

     Andijon Mashinasozlik instituti mezbonligida bo’lib o’tgan ilmiy amaliy anjumanda Respublikamizning ko’zga ko’ringan taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari, doktorantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

     Anjumanni kirish so’zi bilan ochib bergan institut rektori Ermatov Akmaljon Adxamovich bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlarning asosiy qismi ta’lim, ilm-fanga qaratilganligi bejiz emasligi, ilm-fanni chuqur o’rganish hamda hayotga to’laqonli tadbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy darajasini o’stirishga juda katta hissa qo’shish mumkinligi va bu bugungi kunda olimlar oldiga qo’yilgan eng ustivor vazifalardan biri ekanligi to’g’risida so’z yuritdi. Ko’zlangan natijaga erishish uchun esa mana shunday ilmiy anjumanlarni tez-tez tashkil etib, respublikamizdagi barcha olimlarni o’zaro fikr  va tajriba almashishlari uchun imkon yaratib berish juda muhim ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.

     Anjuman Texnika fanlari yo’nalishi,  aniq va tabiiy fanlar, iqtisodiyot fanlari hamda gumanitar fanlar kabi ilmiy yo’nalishlarda o’z ishini davom ettirdi.

    Shuningdek, anjumanda zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yechimini kutayotgan muammolar, innovatsion texnologiyalar, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, xayotiy faoliyat xavfsizligi kabi masalalar yuzasidan o’zaro baxs munoazara ham bo’lib o’tdi. Olimlar o’z yo’nalishlari bo’yicha sho’balarga bo’lingan holda o’zaro fikr almashdilar.

 

 

Otabek  Odilov 

Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi