Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 1-bandida nazarda tutilgan Yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan tashabbusni aholi va yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada institut iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan Navro’z badiiy jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

     2019-yilning 22-iyun kuni Asaka tumani Qo’ng’irot QFYda joylashgan 11-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.Xoliqova boshchiligidagi badiiy jamoa tomonidan madaniy tadbir tashkil etildi.

     Tadbir avvalida M.Xoliqova Andijon mashinasozlik institutida ilm-fan, ta’lim-tarbiya bilan birgalikda talabalarning san’at va madaniyatga bo’lgan qiziqishlarini keng qo’llab-quvvatlash bo’yicha qilingan ishlar hamda buning natijasida erishilgan yutuqlar haqida zavqu-shavqqa to’lib so’zladi.

     Tadbir davomida badiiy dasturdan o’rin olgan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari, iste’dodli yoshlarning ijodlaridan namunalar, intelektual ko’rinishdagi interaktiv o’yinlarni aholi va muassasa xodimlari tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kutib olindi. Tadbir faol ishtirok etgan muassasa xodimalari institut Axborot resurs markazi fondi tomonidan taqdim etilgan badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.  

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi