Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarining dolzarb muammosiga aylanib borayotgan giyohvanlikka qarshi kurashish doimiy tarzda davom etmoqda. Yurtimiz aholisi, ayniqsa yoshlar o’rtasida ushbu illatni tarqalishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida joylarda davra suhbatlari tashkil qilinib kelmoqda.

     Ana shunday uchrashuvlardan biri 2019-yilning 21-iyun kuni institutimizda ham tashkil qilindi.Unda Viloyat xokimligi xuzuridagi Narkotik  moddalarni  nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining ma’sul kotibi J.Mansurov, Andijon viloyat I.I.B. jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, kapitan B.Rahmonqulov, Andijon viloyati psixonevrologiya dispanser narkologiya ekspertizasi raisi Sh.Turaqulov hamda 160 ziyod professor-o’qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.

   

     Davra suhbati davomida mutaxassislar giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning ta’siriga tushib qolgan yoshlarning ayanchli taqdirlari, bu illatning yon-atrofidagilarga ta’siri hamda yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida to’htalib o’tdilar. Viloyatimiz  yoshlari, o’quvchi-talabalar orasida narkotik moddalarni tarqalishiga qarshi olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, o’rganish davomida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari xususida, joylarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni samaradorligini hamda ta’sirchanligini oshirish va yoshlarni turli zararli odatlardan, giyohvandlik, ichkilikbozlik illatlaridan saqlash maqsadida ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali tashkil etishga doir o’z taklif va tavsiyalarini berish bilan birgalikda giyohvanlikning ayanchli oqibatlari, qonun oldida javobgarlikka sabab bo’lishi, salbiy ta’siri xususida yig’iliganlarga atroflicha tushunchalar berildi.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi