Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Talabalikni eng yorqin lahzalari do’stlar davrasida vaqtingni mazmunli o’tkazish, foydali mashg’ulotlardan zavq olish deb bilgan har bir o’quvchi yozgi dam olish vaqtini qanday mazmunli tashkil etish haqida qayg’uradi. Ana shunday yoshlardan biri Mirzohid Abduhalilov.

     Institutimizning Avtomatika va elektrotexnika fakulteti TJICHAB yo’nalishining 3-bosqich talabasi Mirzohid ayni shu kunlarda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Digital Generation» loyihasi Bo’stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohida” yurtimizdagi barcha hududlardagi yoshlarning raqamli texnologiyalarga qiziqishini oshirish, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlariga erishishni o’z oldiga maqsad qilgan Digital Generation Uzbekistan loyihasida ishtirok etmoqda. 800dan ortiq kelib tushgan arizalar orasidan 3 bosqichda saralab olingan 90ta ishtirokchilar qatori hozirgi vaqtda dasturlash, media va digital marketing, dizayn, robototexnika yo’nalishlari bo’yicha treninglarda ishtirok etmoqda.

     Oromgoh yo’llanmasi uchun bo’lib o’tgan saralash bosqichlari,umuman oromgoh haqida ma’lumot olish uchun talabamiz Mirzohid bilan bog’landik.

     Mirzohid Abduhalilov:

    – Oromgoh Prezidentimiz tomonidan ilgari surilga 5 ta muhim tashabbusning 3-bandida nazarda tutilgan tashabbus asosida media va digital marketing, programming, design va robotics yo’nalishlari bo’yicha tashkil etilgan bo’lib, men ushbu yo’nalishlardan robtics yoʻnalishi boyicha ariza topshirdim. Oromgoh yo’llanmasi uchun saralash uch bosqichda oʻtkazildi 1-bosqichda bizdan motivatsion insho yozish talab qilindi. Insho uchun “Nima uchun lagerda ishtirok etishga loyiq deb bilasiz oʻzingizni” mavzusi tanlandi. 2-3 bosqichlar intervyu shaklida o’tkazildi. Tanlovda jami boʻlib 3500 dan ortiq yoshlar lagerda ishtirok etish istagini bildirgan bunda 90 nafar ishtirokchi saralab olingan va robotics yo’nalishi bo’yicha 10 nafar ishtirokchi tanlab olindi. Ular safida borligim juda ham quvonarli! Oromgohda media va digital marketing, dizayn, robototexnika bo’yicha treninglar bo’lib o’tmoqda. Har kuni ertalabki badantarbiya o’zgacha tarzda ya’ni musiqa yordamida mashgʻulotlarni olib boryapmiz. O’qib-o’rganishdan tashqari ko’p sonli do’stlar bilan birgalikda, futbol oʻyinlarida qatnashdim. Kun davomida oromgohda kibersport bo’yicha chempionatlar tashkil etilib kelinmoqda. Chempionatda Ufa, pes, mortal combat, blur kabi kiber oʻyinlar bo’yicha oʻtkazildi. Chempionatda Oʻzbekiston kibersport federatsiyasi rahbari ham ishtirok etdi. Har kuni kechki soat 21:00da estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida kechki ko’ngil ochar dastur bo’lib oʻtadi. Bir so’z bilan aytgandan biz yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish juda ham yuqori saviyada yo’lga qo’yilgan. Ushbu oromgohdan olgan taasuurot va tajribalarimni yangi o’quv yilida o’z tengdoshlarrimga ham keng ulashish niyatim bor.

   

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi