Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2019-yilning 21-iyun kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati Andijon shahri hodimlari institut professor-o’qituvchilari bilan birgalikda korruptsion holatlar profilaktikasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdilar.

     Yig’ilishda Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi xodimi  F.T.Tolipov so’z olib Korrupsiyaning naqadar zararli ekanligi, uning jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazishini yosh avlod ongiga singdirib borish maqsadida 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi to’g’risida fikr bildirdi.

     Shuningdek yig’ilishda “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti M.Nazarov o’z so’zida, aholini farovonligi, ishlab chiqarishni  mustahkamlash, bo’sh ish o’rinlarini yaratish, ijtimoiy ko’makka muҳtoj oilalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakat kelajagini ta’minlashda asosiy vazifalarda biri ekanligi to’g’risida to’htalib o’tdi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga davlat siyosatini to’g’ri tushuntirish unga amal qilish, o’qituvchi-pedagoglarni talabalar bilimini shaffoflik bilan adolatli baholash to’g’risida so’z yuritdi.

     Yig’ilishda 160 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi