Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Joriy yil 20 iyundan institut tasarrufidagi akademik litseyda 2019/2020 o’quv yili uchun o’quvchilarlardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.

Akademik litseylarda aniq va  tabiiy fanlar yo’nalishlarida chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi.

Akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga o’quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi shaxslar quyidagilarni taqdim etadi:

👉 ta’lim yo’nalishi, o’quv tili, shakli ko’rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo’nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihoni topshirish hamda saralash imtihonni o’tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko’rsatiladi);

👉 shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport) nusxasi;

👉 3,5×4,5 sm o’lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

Tanlovdan tashqari o’qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g’oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

         Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: (74) 226-87-78