Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda 2019 yil 17 iyun kunidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 26 oktyabrdagi 8-2015-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligida 2015 yil 6 noyabrda 1963-1 – son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritish xaqida»gi buyrug’i asosida ishlab chiqilgan Nizom talablariga muvofiq Bitiruv malakaviy ishlari va diplom loyihalari himoyalari bo’yicha YAkuniy Davlat attestatsiya sinovlari boshlandi.

 YAkuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin joriy yilning 15 iyun kuni O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 apreldagi 365-sonli “YAkuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga muvofiq institutda shakllantirilgan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raislari, fakultet dekanlari, o’rinbosarlari, bitirtiruvchi kafedra mudirlari, YADAK kotiblari  bilan institut rektori A.A.Ermatov yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo’yilayotgan talablar, tartib-intizom to’g’risida seminar-kengash o’tkazilgan edi.

Bitiruvchi kurs talabalari 4 yil davomida institutda olgan nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalarini o’zlari tayyorlagan bitiruv malakaviy ishlari va diplom loyihalarini himoya qilish orqali namoyon etadi.