Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Avval xabar berganimizdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarni o’rganish, kamchilik va muammolarni bartaraf qilishda amaliy yordam berish maqsadida institutga respublika ishchi guruxi tashrif buyurgan edi.

    Tashrifning uchinchi kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig’i, komissiya raisi Tashkenbaev Ulug’bek Negmatovich, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Uktam Rahimovich Salomovlardan tashkil topgan ishchi guruh institutning talabalar turar joyida yaratilgan ma’naviy muhit bilan yaqindan tanishish maqsadida unda faoliyat olib borayotgan pedagog psixologlar va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi. Shu kuni ishchi guruh Janubiy Koreyaning Tegu hamda Shimoliy Xitoy texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda institut qoshida ochilgan Innovatsion ta’lim texnologiyalari fakulteti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

     Tashrif davomida institutning Avtomobilsozlik kafedrasi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan avtomatlashtirilgan ichki yonuv dvigiteli kompleks stendi bilan ham tanishildi. Xaqiqiy qo’l mehnati asosida yaratilgan ushbu kompleks stentdan talabalar o’quv mashg’ulotlarini bajarishda foydalanib kelmoqda. O’rganishlar davomida yangi va zamonaviy o’quv mashg’ulot olib borishga mo’ljallangan laborotoriya xonasiga extiyoj borligi ta’kidlandi.  

     

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi