Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Ertadan boshlab yani 15-iyun sanasidan oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun hujjat topshirish jarayoni boshlanadi. Barcha oliy ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi Andijon mashinasozlik institutida ham ushbu jarayonga qizg’in tayyorgarlik ko’rildi. Abituriyentlar uchun hujjat topshirishda bir muncha qulayliklar  yaratilgani, endilikda ulardan faqatgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat, kollej, litsey diplomi hamda agar bo’lsa imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi ma’lum qilingan. Ushbu qulayliklarning mantiqiy davomi sifatida institutda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun so’lim bog’ qo’ynida tashkil etilgan kutish joylari, institutdagi mavjud fakultet  va yo’nalishlar haqida ma’lumotlar aks ettirilgan bannerlar, murojaatlarga javob beruvchi operatorlar faoliyat olib borishiga mo’ljallangan Call-markaz, hujjat topshirish jarayonidagi kutish burchaklari qabul jarayonlariga tayyor holga keltirildi.    

 

         

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi