Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti hamda O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan  xalqaro tashkilotlar –  Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA),  Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA), Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ), Hindistonning ITEC, Buyuk Britaniyaning British Council, Turkiyaning TIKA, UNESCOning O’zbekistondagi milliy komissiyasi bilan hamkorlik  o’rnatilgan. Yaqin kunlarda yana bir nufuzli xalqaro tashkilot – Amerika Qo’shma Shtatining “American Councils” hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va joriy etish amalga oshirmoqda.

     Shu munosabat bilan 2019-yilning 11-12 iyun kunlari xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Konsulligi “American Councils” direktori Keyl Vagner boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Amerika Qo’shma Shtatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish, ishlab chiqarish va oliy ta’lim integratsiya asosida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish, professor-o’qituvchilarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish, o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jalb etish, mashinasozlik, muhandislik va energetika sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlashda Amerika Qo’shma Shtatlari tajribalarni qo’llash bo’yicha amaliy muzokaralar olib borildi.

 

      Amerika Qo’shma Shtatlarining universitetlari bilan  hamkorlikda viloyatdagi “Uzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasining  barcha  korxonalari uchun tor doiradagi yuqori malakali muxandis-mutaxassislar tayyorlashning yangi kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida Amerika Konsulligi “American Councils” ko’magida yangi loyiha ishlab chiqilmoqda.

     Ushbu loyiha doirasida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish orqali mashinasozlik va avtomobilsozlik  sanoati uchun muhandislik darajasida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yiladi.

 

     Bu ishlab chiqarish korxonalari uchun – yuqori malakali muxandislar tayyorlash imkoniyatini yaratib bersa oliy tahlim muassasalari uchun esa o’quv jarayonining sifatini yaxshilash, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, institutning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun qo’shimcha moddiy imkoniyatlar yaratadi va shu bilan birga, bitiruvchilarini o’z mutaxassislik bo’yicha ishga joylashtirish dolzarb masalasini sezilarni darajada yaxshilashga erishish mumkin.

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi