Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2018-2019 yildan boshlab Andijon mashinasozlik institutida o’z faoliyatini boshlagan Koreyalik volontyor Yan Ji Xi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya xalqaro hamkorlik aloqalari agentligi KOICAning O’zbekistondagi  ofisi direktori o’rinbosari Xan Song I, volontyorlar koordinatori Kang Mun Xi, Dasturlar bo’yicha kichik koordinator Xa Ji Xunlar tashrif buyurdi.

     O’tgan bir yil davomida volontyor tomonidan institutning qo’shma dastur va eskperimental guruhlariga CAD, CAM, CAE dasturiy ta’minot bo’yicha o’quv mashg’ulotlari o’tkazilib kelinmoqda va bu o’z o’rnida ijobiy natija bermoqda.

     Kelgusidagi rejalar esa Yan Ji Xi kabi volontyorlarni institutga keng jalb etish orqali dasturiy ta’minot bo’yicha ko’proq auditoriyani qamrab olishdan iborat ekanligi ko’zga tutilgan.  


 

 

 

 

Odilov Otabek

Institut matbuot va axborot xizmati xodimi