Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo`yicha “El-yurt umidi” jamg`armasining Oliy ta`lim tizimi uchun e`lon qilingan 1-stipendiyalar tanlovida institutimizning “Avtomobilsozlik” kafedrasi assistentlari Y.O.Yoqubov, O.A.Tursunov va  Z.A.Aysachevalar muvaffaqiyatli ishtirok etishib, g`olib bo`lgan edilar.

Kuni kecha Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining madaniyat saroyida g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi va Z.A.Aysacheva “Doktorantura” ta`lim dasturi bo`yicha,  O.A.Tursunov, Y.O.Yoqubovlar “Malaka oshirish” ta`lim dasturi bo`yicha jamg`armaning Stipendiatlik sertifikati bilan taqdirlandilar.

Mazkur sertifikat asosida Stipendiatlarning kelgusida xorijda Doktorantura va Malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish bilan bo`g`liq harajatlari jamg`arma tomonidan to`liq qoplab beriladi.

Stipendiaytlar xorijda Doktorantura va Malaka oshirish dasturlari davomida qo`lga kiritgan yutuqlari orqali o`zlarining bilim va malakalarini oshirgan holda yurtimiz ravnaqiga o`z hissalarini qo`shishlariga ishonamiz va rejalashtirgan ishlariga ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!