Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarni o’rganish, kamchilik va muammolarni bartaraf qilish va amaliy yordam berish maqsadida Andijon mashinasozlik institutiga respublika ishchi guruxi tashrif buyurdi.

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri, komissiya raisi o’rinbosari, ishchi guruh rahbari Madjidov Inom Urishevich boshchiligidagi 12 kishidan iborat ishchi guruh institutimizda faoliyatini boshladi.

     Ishchi gurux Andijon mashinasozlik institutidagi boshqaruv faoliyati va salohiyati, o’quv jarayonining tashkil etilishi va ta’lim jarayoni sifatining holati, professor-o’qituvchilar ilmiy salohiyati va pedagogik mahorati, o’qitish va baholash sifati, o’quv-uslubiy ishlar  bilan ta’minlanganlik darajasi, beshta tashabbusni o’zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy soxalarda amalga oshirilayotgan ishlar kabi bir qator ishlarni o’rganmoqda.

     Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig’i, komissiya raisi Tashkenbaev Ulug’bek Negmatovich ham institutga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’zining ko’rsatma va topshiriqlarini berib o’tdi.

Ishchi gurux o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Xayrullo VASIYEV –

Andijon mashinasozlik instituti, matubot va axborot xizmati xodimi